Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga direktor tayinlandi
Jamiyat
−
13 iyul 2020
9151Aleksandra Kolesnichenko Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib tayinlandi.
Kolesnichenko ushbu lavozimga tayinlangunga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot sohasini rivojlantirishni monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori sifatida ishlab kelgan Xushnud Xudoyberdiyev Vazirlar Mahkmasi qarori bilan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
LiveBarchasi