O‘zbekistonda yana bir masjid ro‘yxatdan o‘tkazildi

Jamiyat

image

Ayni vaqtda O‘zbekistonda 2070 ta jome masjidi faoliyat olib bormoqda. Joriy yilning 17 avgustidan ular faoliyati qayta tiklanmoqda. Ular soni yana bittaga ortdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Mamlakatimizda fuqarolarining boshqa huquq va erkinliklari qatori vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunida vijdon erkinligining asosiy tamoyillari, vazifalari, ularni amalga oshirish yo‘llari, qoidalari va kafolati, diniy bag‘rikenglik, fuqarolarning bu sohadagi huquq va burchlari belgilab berilgan.

Ana shundan kelib chiqib, joriy yilning 12 avgust kuni Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Olmaliq shahri, “Evalak” MFY, Fahriylar ko‘chasi 50-uyda joylashgan “Hilol” masjidi ro‘yxatdan o‘tkazilib, uning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirildi”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uchun, bugungi kunda, Toshkent viloyatida 225 ta islomiy yo‘nalishdagi va 54 ta noislomiy yo‘nalishdagi diniy tashkilot ro‘yxatga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

masjid

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing