O‘zbekistonda yana bir kishi koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
03 iyun 2020
12041O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi. Mamlakatda ushbu xastalikdan qurbon bo‘lganlar 16 nafarni tashkil etmoqda.
Toshkentlik M.da kecha, 2 iyun kuni Covid-19 aniqlanib, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan edi. 72 yoshli (erkak) bemor uzoq yillardan buyon yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligi, qandli diabetning ikkinchi turi tashxisi bilan davolanib kelgan. 2000 va 2019 yillarda u ikki marta miokard infarktini o‘tkazgan.
Bemorning davolanishi davomidagi kunlik ahvoli mamlakatdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Bundan tashqari, Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazib turilgan. Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan jonlantirish bo‘limida sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan vafot etdi.
LiveBarchasi