O‘zbekistonda yana bir kishi koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
22 aprel 2020
17475Koronavirusga chalingan 54 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda bugun, 22 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning 14 aprel kuni Namangan shahrida yashovchi G. og‘ir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Zudlik bilan amalga oshirilgan laborator tahlil natijasida unda koronavirus infeksiyasi borligi tasdiqlangan. 54 yoshli ushbu bemor oldin ham gipertoniya va qandli diabet tashxisi bilan surunkali kasallanib kelgan. Ushbu kasalliklari hisobiga u 17 aprel kuni viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga olingan.
Ma’lum qilinishicha, bemorning shu kungacha kunlik ahvoli mamlakatdagi mazkur sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassis shifokorlari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib kelingan.
Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda koronavirus sabab vafot etgan odamlar soni 7 kishiga yetdi.
LiveBarchasi