O‘zbekistonda yana bir futbolchi raqibiga “kalla qo‘ydi” (video)
Sport
−
09 aprel
19195Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi futbol uchrashuvida futbolchi raqibiga bosh bilan zarba bergan aks etgan video tarqaldi.
Aniqlanishicha, kecha, 8 aprel kuni O‘zbekiston Pro ligasi 5-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan” - “Aral” (1:0) jamoalari o‘rtasidagi bahs so‘ngida nukusliklar futbochisi Shahzod Turopov raqib o‘yinchisiga bosh bilan zarba bergan. Uchrashuvni boshqarib borgan Shavkat Nasibullayev shu zahoti Turopovni maydondan chetlatgan.
Eslatib o‘tamiz, bunday xolat g‘uzorliklar uchrashuvida birinchi marta sodir bo‘lmayapti. Pro liga 4-tur doirasida kechgan hamda «Mash’al» - «Sho‘rtan» (2:0) jamoalari o‘rtasidagi bahsda bahsda ham ”Sho‘rtan” darvozaboni Sherzod Abduraimov muborakliklar hujumchisi Ibrohim G‘anixonovga “kalla qo‘yib” burni sinishiga sabab bo‘lgandi.
LiveBarchasi