O‘zbekistonda yana 74 kishi koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Toshkent va Samarqandda 74 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 4300 nafarga yaqinlashdi

Bugun, 19 iyun kuni poytaxtdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 52 nafar va Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 16 nafar hamda Samarqand viloyatida 6 nafar, jami 74 nafar bemor sog‘ayib, o‘z uylariga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Shunday qilib, endilikda poytaxt va Toshkent viloyatida 3437 holatda kasallik qayd etilishi barobarida 2198 nafar bemor sog‘aydi. Ayni paytda shifokorlar poytaxtdagi davolash muassasalarida 1228 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqdalar.

Samarqand viloyatida esa 397 holatda kasallik aniqlangan bo‘lsa, shundan  378 nafar bemor ushbu infeksiyadan forig‘ bo‘ldi. Hozirda viloyatda 17 nafar bemor davolanmoqda.

Ayni paytga qadar mamlakatda 5855 nafar kasallikka chalingan bemorlarning 4273  nafari sog‘aydi. Shifokorlar mamlakatning o‘nta xududidagi davolash muassasalarida koronavirus infeksiyasidan qiynalayotgan bemorlarga kerak muolajalarni ko‘rsatishmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing