O‘zbekistonda yana 70 nafar bemor sog‘aydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 70 nafari sog‘ayib, oilasi bag‘riga qaytdi. Mamlakatda ushbu kasallikni yengib o‘tganlar soni 5496 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Bugun, 29 iyun kuni poytaxt Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 17 nafar, Toshkent shahar 1-son klinik shifoxonasida 19 nafar, shahar 3-son tug‘ruq majmuasida 4 nafar, Buxoro viloyatida 12 nafar, Namangan viloyatida 11 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, jami 70 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.

Shu tariqa ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan 3234 nafar bemor sog‘aydi. 

Buxoro viloyatida esa COVID-19 dan tuzalganlarning soni 490 nafarga yetdi.

Bugungi kunda Namangan viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 281 nafarni tashkil qilmoqda.

Samarqand viloyatida esa jami 393 nafar inson kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Shunday qilib, bugun O‘zbekistonda shu soatgacha 167 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5496 nafarni tashkil etmoqda.

Umumiy kasallanish holatlari esa 8199 tani tashkil etmoqda. 23 nafar bemor vafot etdi. O‘zbekistonda 2680 nafar bemorning davolanishi davom etmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing