O‘zbekistonda yana 65 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

19 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 65 nafarga ortib, 5920 kishini tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•    Karantin markazidagi fuqarolar orasida – 1 nafari;

•    Toshkent shahrida – 36 nafar (shundan 22 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 14 nafari aholi orasida);

•    Xorazm viloyatida – 12 nafar (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi);

•    Toshkent viloyatida – 8 nafar (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 2 nafari aholi orasida);

•    Namangan viloyatida – 7 nafar (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 3 nafari aholi orasida);

•    Andijon viloyatida – 1 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida qayd etilgan.

Mamlakatda ayni shu soatgacha 74 nafar bemor sog‘ayib, kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 4273 nafarga yetdi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing