O‘zbekistonda Yadroviy infratuzilma oktyabr oyida kompleks ko‘rib chiqiladi
Jamiyat
−
10 fevral 2020
3475O‘zbekiston delegatsiyasi MAGATE tomonidan 2020 yilning 10-14 fevral kunlari tashkilotning Venadagi bosh qarorgohida o‘tkazilayotgan Fizikaviy yadroviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda.
Anjumanning ochilishida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Bosh direktori Rafael Mariano Grossi so‘zga chiqdi.
O‘zbekiston nomidan anjumanda energetika vaziri Alisher Sultonov qatnashmoqda.
Ma’ruzada ta’kidlanganidek, “mustaqillikka erishilgandan buyon o‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi yadroviy qurolsizlanish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatmaslik jarayonlariga izchil ravishda sodiq bo‘lib qolmoqda. Shuningdek u Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma hamda O‘zbekiston Respublikasi va MAGATE o‘rtasidagi kafolatlarni qo‘llash to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha o‘z majburiyatlarini og‘ishmay bajarib kelmoqda”.
Energetika vaziri MAGATE bilan samarali hamkorlikni qayd etdi, uning doirasida 2020 yilning birinchi yarmida MAGATE ning yuqori malakali ekspertlarini jalb qilgan holda 15 ta milliy seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Milliy yadro infratuzilma holatini har tomonlama baholash hamda yadroviy-energetika dasturining xavfsizligi, ishonchliligi va barqarorligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 2020 yilda MAGATE ning Yadroviy infratuzilmasini kompleks ko‘rib chiqish bo‘yicha missiyasi o‘tkazilishi so‘ragan va u 2020 yilning oktyabrida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi