O‘zbekistonda viza berish tizimiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin

Jamiyat

image

Karantin tugagandan keyin, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yana iziga tushib ketadi. O‘zbekistonda avtomobil, poyezd va samolyotlar orqali halqaro qatnovlar, bordi-keldilar boshlab yuboriladi. Bu haqda bugun, 4 may kuni AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

“Koronavirus kasalligining respublikaga kirib kelishi, tarqalishi bilan bog‘liq holatlar chuqur tahlil qilinadi. Mavjud me’yoriy xujjatlar, jumladan, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlar, sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normativlar qayta ko‘rib chiqiladi”, dedi Otabekov.

Ta’kidlanishicha, bu borada xalqaro tajribalar ham  o‘rganib chiqiladi. Otabekov dastlabki davrda faqat koronavirus yo‘qligini tasdiqlovchi xujjati bo‘lsagina, viza berish tizimi joriy qilinishini istisno qilmadi. 

“Buni esa vaqt va epidemik vaziyat ko‘rsatadi. Agar shu tizim joriy qilingudek bo‘lsa ham, xorijlik fuqaroning viza olgan davri bilan yurtimizga kelgan davri koronavirus kasalligining yashirin davri (14 kun) bilan bir-biriga mutanosib bo‘lishi kerak. Har qanday tartibni amaliyotga kiritish uchun juda jiddiy o‘ylash va o‘rganishga to‘g‘ri keladi”, dedi Otabek Nurmatov.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 61,4 foizdan ortig‘i shifo topdi va ularning umumiy soni 1327 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing