O‘zbekistonda Vengriya banki bilan parrandachilik klasteri tashkil etiladi

Olam

image

Bugun, 20 may kuni Vengriyadagi rasmiy tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev OTP Bank Group direktorlar kengashi raisi Shandor Chani bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki tomonlama uchrashuvda bankning O‘zbekistondagi bank-moliya bozoridagi faoliyati 2023 yildan buyon jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Davlat rahbari avtokreditlashni rivojlantirish va biznes loyihalarini moliyalashtirishga doir qo‘shma dasturlarni olqishlagan.

Parrandachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha yirik loyihani tez fursatda amalga oshirish muhimligi qayd etilgan.

Toshkent viloyatidagi sanoat parkida Vengriya kompaniyalari loyihalarini ilgari surish va qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Budapeshtga rasmiy tashrifi bugun, 20 may kuni Vengriyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvidan boshlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vengriya OTP Bank Group

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing