O‘zbekistonda og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar 1 800 ga yaqinlashdi
Jamiyat
−
13 avgust 2020
8166Bugun, 13 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 183 nafarga ortib, jami bemorlar 32 837 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Vazirlikning xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining:
• 113 nafari Toshkent shahrida;
• 31 nafari Samarqand viloyatida;
• 11 nafari Namangan viloyatida;
• 11 nafari Sirdaryo viloyatida;
• 9 nafari Qashqadaryo viloyatida;
• 8 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga Shayxontohur tumanida yashagan 63 yoshli D.A. (ayol) hamda Zangiota tumanida yashagan 66 yoshli X.E. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda ushbu virusdan so‘gaygan bemorlar soni 25 659 nafarni (78 foizi) tashkil qilmoqda.
Ayni vaqtda mamlakatda 6 965 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1 375 nafari og‘ir, 410 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi