O‘zbekistonda Umra ziyorati narxlari arzonlashdi
Jamiyat
−
08 yanvar
39106O‘zbekistonda Umra ziyorati uchun narxlar arzonlashdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistonida haj va umra xizmatlari sifatini yanada yaxshilash, narxlarini arzonlashtirish, ziyoratchilar uchun bir qator qulayliklar yaratish maqsadida, podshohlikdagi bir qator mutasaddi idoralar rahbarlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Shu kabi muloqotlar natijasida umra xizmatlari narxini yanada arzonlashtirishga erishilgan.
2024 yil 10 yanvardan e’tiboran O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Haj va Umra” markazida umra xizmatlari narxi bir kishi uchun 16 600 000 so‘m etib belgilandi.
“O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan umra xizmatlari har jihatdan qulay, arzon va xavfsizdir. Eng asosiysi, to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar, tun-u kun shifokorlar xizmati, uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlangan hamda eng malakali imom-xatiblardan iborat ellikboshilar jalb etilgan. Shuningdek, Fatvo markazi ulamolari ishchi guruhi vakili sifatida shar’iy masalalarga doimo yechim topib beradi”, deyiladi idora xabarida.
LiveBarchasi