O‘zbekistonda o‘lat tarqalgani rostmi? Mutaxassis javob berdi
Jamiyat
−
23 iyul 2020
19980So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda harorati oshayotgan bemorlar ortib ketgani, bu koronavirus emas, Qozog‘istondan kirib kelgan o‘lat ekani haqida xabarlar tarqaldi.
Bu masalaga Milliy virusologiya instituti direktori, bosh infeksionist Erkin Isakovich Musaboyev oydinlik kiritdi. U o‘lat qayerlarda uchrashi va qay yo‘sinda yuqishi haqida ma’lumot berdi.
“O‘lat (chuma) juda qo‘rqinchli holat hisoblanadi. Bir necha asrlar avval kuzatilgan bu kasallik juda ko‘p o‘limlarga olib kelgan. Ammo bu kasallik tarqalgani 100 foiz xato. O‘lat – antroponoz kasallik, ya’ni uning tarqalishi uchun tabiiy o‘choq kerak. Bu tabiiy o‘choq cho‘l zonalarida bo‘ladi. Uning tarqatuvchilari kemiruvchilar – kalamush, burga kabilar bo‘ladi. Ular mikrob tarqatib, odamlarga ham yuqtiradi.
O‘zbekistonda kemiruvchilarni nazorat qiluvchi karantin stansiyalari mavjud. Kemiruvchilar ko‘payib ketgan taqdirda, ularni tekshirishadi va kamaytirishadi.
O‘zbekistonda odamlarda 1996 yilda o‘lat kuzatilgan, shundan beri o‘tgan 24 yil ichida kuzatilgani yo‘q. Shahar sharoitida paydo bo‘lmaydi. O‘latning o‘chog‘i cho‘l zonasida. Koronavirus esa ko‘rib turganimizdek, shahar zonalarida – aholi konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan hududlarda keng tarqalmoqda”, dedi Tibbiyot fanlari doktori Erkin Musaboyev “Tez yordam” dasturida.
LiveBarchasi