O‘zbekistonda uchta kodeksga o‘zgartirish kiritiladi

Jamiyat

image

Kecha, 30 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yaxshilashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.

Majlisda “O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, qator xorijiy mamlakatlarning jinoyatchilikka doir qonun hujjatlarini o‘rganish mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik yo‘qligini ko‘rsatmoqda. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 224-moddasini dekriminalizatsiya qilish zururatini keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, milliy qonunchiligimiz tahlili va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar statistikasi respublikamiz fuqarolari, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ma’muriy javobgarlik choralarini differensiatsiya qilishni taqozo etyapti.

Shundan kelib chiqib, mazkur qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Deputatlarning fikricha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi vakolatli davlat organlari tomonidan mazkur toifadagi ishlarning tezkor ko‘rib chiqilishini ta’minlashga, shuningdek, mamlakatimizning turistik salohiyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan islohotlarni to‘la-to‘kis yuritilishiga huquqiy kafolat yaratadi.


Maqola muallifi

Teglar

qonun

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing