O‘zbekistonda tergov izolyatorlari deyarli to‘lib bo‘ldi
Jamiyat
−
10 noyabr
21377O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi tergov hibsxonalari deyarli to‘lib bo‘lgan. Bu haqda Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov advokatlar bilan bo‘lgan muloqotda ma’lum qildi.
Baxtiyor Islomovga ko‘ra, bunday holat O‘zbekistonda ilk bor 2001 yilda kuzatilgan.
“Qamoq ehtiyot chorasi ommaviy (97 foiz hollarda) qo‘llanayotgani haqida gap ketganda izolyatorlar to‘lib ketgan. Bunaqa holat ilk bor 2001 yilda kuzatilgan. O‘shanda vaqtincha saqlash joylaridagi shart-sharoitni o‘rganish uchun idoralararo komissiya tuzilgan edi. Hozir ham o‘shanga o‘xshash vaziyat bo‘lyapti. Lekin muammo yangi tergov hibsxonalarini qurish bilan hal qilinmasligi kerak”, degan Oliy sud raisi.
Advokat Bahrom Salomov esa qamoq ehtiyot chorasini qo‘llashda suiiste’molchilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun ayblov organi zimmasiga gumonlanuvchi tergovdan qochishi yoki guvohlarga bosim o‘tkazishi mumkinligini isbotlab berish kabi aniq majburiyatlar yuklashni taklif qilgan.