Oliy sud raisi lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
18 iyun 5607 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Baxtiyor Jahongirovich Islomovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdimnoma kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi xabar berdi.
Bugun, 18 iyun kuni Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tgan. Uni Senat Raisi Tanzila Norboyeva olib borgan. Kengash majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqilgan.
Bildirilishicha, Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan Baxtiyor Jahongirovich Islomovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
U mazkur lavozimda 2022 yilning avgustidan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi. Qayd etish joiz, Baxtiyor Islomov muddatidan oldin lavozimini tark etdi. Undan oldingi Oliy sud raisi Kozimjon Komilov ham erta – lavozimiga kirishganidan 2 oydan so‘ng ishdan ketgan edi.
Ma’lumot uchun, Baxtiyor Islomov muqaddam Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida sudyalik qilgan, 2020 yil noyabrigacha Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi bo‘lgan. U 2020 yil noyabrida Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenovning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Oradan bir yil o‘tib, Rustam Inoyatov o‘rniga Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ish boshlagan.
Live
BarchasiAQSH va Eron memorandum imzoladi
18 iyun