Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov mukofotlandi
Jamiyat
−
25 avgust
13989O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Razzaqovich Bobojonov I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni imzolandi.
Bildirilishicha, O‘zbekiston Qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi alohida xizmatlari, milliy manfaatlarni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani, sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh soha vakillari faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlangan.
Mukofotlanganlar orasida Ichki ishlar vaziri bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi Baxtiyor Jahongirovich Islomov va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonov ham bor. Ular “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Ma’lumot uchun, Po‘lat Bobojonov 2017 yildan beri Ichki ishlar vaziri sifatida ishlab kelyapti. Bungacha u Xorazm viloyati hokimi, Buxoro viloyati prokurori, Jizzax viloyati prokurori, Bosh prokuraturaning Soliq va valyuta jinoyatlariga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i, O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Baxtiyor Islomov esa 2022 yildan beri O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimida ishlab keladi. Bungacha u O‘zbekiston Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borgan.
Taqdirlangan soha vakillari quyida keltirilgan:
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan
Baxtiyor Mo‘minovich Mansurov - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi
I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan
Po‘lat Razzaqovich Bobojonov - O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri
“Mardlik” ordeni bilan
Murodilla Saydullayevich Alikariyev - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari
Mirsharof Nuraliyevich Xushbaqov - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi
Ismoil Maxamadzkirovich Sharipov - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi boshlig‘i
“Do‘stlik” ordeni bilan
Baxtiyor Jahangirovich Islomov - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi
Mixail Aleksandrovich Lim - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy safarbarlik bo‘limi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori
Akmalxuja Yusupovich Mavlonov - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisi
“Jasorat” medali bilan
Marat Tolipjonovich Alimbayev - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otryad katta yo‘riqchi-qutqaruvchisi
Sherzod Raxmatullayevich Alimov- O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otryad katta usta-qutqaruvchisi
Yodgorbek Omatjonovich Atanayev - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bosh serjanti yordamchisi
Jamoliddin Toxirjonovich Zikirov - Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi otryad komandirining o‘rinbosari
Husniddin Tulanboyevich Mirzamatov - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaz katta yo‘riqchisi
Xurshid Toshmurotovich Mo‘minov - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
Iskandar Muxidinovich Nurboyev - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi
Elbek Uktamovich Primov (marhum) - Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani ichki ishlar bo‘limi yo‘l-patrul xizmati katta inspektori
Ruslan Karimovich Tairov - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Samarqand viloyati bo‘yicha portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni zararsizlantirish maxsus otryadi bosh mutaxassisi
Sitora Shavkat qiziTurdibekova - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport bo‘limi yo‘riqchi-sportchisi
Hikmatillo Hamidullo o‘g‘li Xabibullayev - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi
Xasan Shotuyg‘unovich Shonusratov - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otryad komandiri
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Abdimutal AbdikarimovichAbdigapirov - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kafedra professori
Iskandar Abdulboqiyevich Abdullayev - Andijon viloyati Bojxona boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
Yaxyo Abdug‘aniyevichAbdurahmonov - Yunusobod tumani prokurori
Paraxat Aytniyazov - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi raisi
Aleksey Sergeyevich Goncharov -Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kinologiya bo‘linmasi kichik inspektor-kinologi
Abdumannob Abdullajonovich Gofurov -O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi
Eldor Istamovich Ғuломов - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti batalon komandiri
Anvarjon Xudoyberdiyevich Dushayev - Sirdaryo viloyati Xovos tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori
Ismatjon Nigmatjonovich Ibragimov - Samarqand shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
Nu’mon Usmonovich Muxammadiyev - Toshkent shahar Adliya boshqarmasi boshlig‘i
Djumabay Djurabayevich Nasirov - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi “Shon-sharaf” muzeyi bo‘lim bosh mutaxassisi
Nezametdinova Dildora Abdumalikovna - Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti katta inspektori
Norqabilov Xudoyberdi Rabbimovich - Navoiy shahar prokurori
Parpiyeva Gulnora Axatovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi
Rahimov Nodirbek Muyidinovich - Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
Rustamov Jasurbek Ilxomovich - Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – tergov bo‘limi boshlig‘i
Fazilov Jaxangirjon Tulqinovich - Farg‘ona viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i
Xudoyqulov Zokir Normurodovich - Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining raisi
Ergashev Ilxom Abdumutalifovich - Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i
Eshanjanov Saydulloxon Nizomovich - Namangan viloyati Davlatobod tumani ichki ishlar bo‘limi patrul-post xizmati otryadi bo‘linma komandiri
Yusupov Sa’dullo Nasrulloyevich - Samarqand viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori
“Sog‘lom turmush” medali bilan
Yusupov Umarbek Xudayberganovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i
“Shuhrat” medali bilan
Agzamxodjayev Iskandar Yalkinovich - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
Davidova Regina Levonovna - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i
Karimov G‘olib Toliboyevich - Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani ichki ishlar boshqarmasi profilaktika katta inspektori
Qodirov Sirojiddin Nadirxanovich - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi bo‘linma komandiri
Qurbonov Quvondiq Karimovich - Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani ichki ishlar bo‘limi katta tezkor vakili
Mamatov Gayratjon Tuxtamurodovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi
Maxmudov Alisher Abdusalimovich - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i
Ruzimurodov Voxidjon Asatullayevich - Navoiy viloyati Navbahor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i
Uskenbayev Timur Aristanbekovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otryad katta usta-qutqaruvchisi
Xusanov Yusubjon Tuxtasinovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi qo‘riqlash bo‘limi safdor xodimi
Husenov Jaloliddin Farxodovich - Buxoro viloyati ma’muriy sudining sudyasi
Cho‘lliyev Jobir Avliyoqulovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh komandiri
Sherbekov Xurshid Tashpulatovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi qo‘riqlash bo‘limi safdor xodimi
Ergasheva Barno Shokirjanovna - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi davlat ijrochisi
Yusupov Ulugbek Mirtalibovich -O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi direktori
LiveBarchasi