Po‘lat Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
13:22 5449 2 daqiqa
Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ning hukumatdagi manbasi xabar berdi.
Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Po‘lat Razzoqovich Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Po‘lat Bobojonov 1961 yil 1 yanvarda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 1982 yil Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) tamomlagan, shundan keyin Xorazm viloyatida prokuratura organlarida ishlay boshlagan. U 1992-1999 yillarda Bog‘ot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari va Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 1999 yilda Prezident devoniga ishga o‘tkazilgan. 2000-2011 yillar davomida prokuratura organlarining rahbarlik lavozimlarida – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, Bosh prokuratura huzuridagi Departament boshlig‘i, Jizzax va Buxoro viloyatlari prokurori bo‘lib ishlagan. 2011 yilda Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2012 yilda Xorazm viloyati hokimi lavozimida ish boshlagan.
O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 4 sentyabrdagi farmoni bilan ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan. Unga 2019 yil 12 sentyabrda general-leytenant maxsus unvoni berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlangandi.
Live
Barchasi