Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

O‘zbekistonda tarovih namozini o‘qish vaqtlari e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning barcha viloyatlarida o‘qiladigan tarovih namozi vaqtlari e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, bugun xufton namozidan so‘ng O‘zbekistondagi masjidlarda tarovih namozi boshlanadi. 

Mamlakatning 14 ta hududidagi masjidlarda tarovih namozining boshlanish vaqtlari:

  • Farg‘ona – 20:20
  • Namangan – 20:20
  • Andijon – 20:20
  • Toshkent viloyati – 20:30
  • Toshkent shahri – 20:30
  • Sirdaryo – 20:30
  • Jizzax – 20:30
  • Samarqand – 20:30
  • Qashqadaryo  – 20:40
  • Surxondaryo – 20:40
  • Navoiy – 20:40
  • Buxoro – 20:40
  • Xorazm – 21:00
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 21:10.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1 mart kuniga to‘g‘ri kelishi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramazon oyi tarovih namozi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing