O‘zbekistonda tarovih namozini o‘qish vaqtlari e’lon qilindi
O‘zbekiston
−
28 Fevral 2025 18566 1 daqiqa
O‘zbekistonning barcha viloyatlarida o‘qiladigan tarovih namozi vaqtlari e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, bugun xufton namozidan so‘ng O‘zbekistondagi masjidlarda tarovih namozi boshlanadi.
Mamlakatning 14 ta hududidagi masjidlarda tarovih namozining boshlanish vaqtlari:
- Farg‘ona – 20:20
- Namangan – 20:20
- Andijon – 20:20
- Toshkent viloyati – 20:30
- Toshkent shahri – 20:30
- Sirdaryo – 20:30
- Jizzax – 20:30
- Samarqand – 20:30
- Qashqadaryo – 20:40
- Surxondaryo – 20:40
- Navoiy – 20:40
- Buxoro – 20:40
- Xorazm – 21:00
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 21:10.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1 mart kuniga to‘g‘ri kelishi xabar qilingan edi.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr
Bangladeshda tikuvchilar ish tashlamoqda
16 Noyabr