O‘zbekistonda taniqli shaxslarning dorilar reklamasida chiqishi taqiqlanadi
Jamiyat
−
11 fevral 2022
8123O‘zbekistonda taniqli shaxslarning dori-vositalari reklamasida ishtirok etishi taqiqlanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqilgan yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunda belgilanmoqda.
Qayd etilishicha, yangi tahrirdagi Qonun bilan normalarni qo‘llashda noaniqliklarga olib kelgan ayrim tushunchalarga aniqlik kiritilib, yangi tushunchalar kiritilmoqda. Masalan, “reklama ob’ekti”, “nomaqbul reklama”, “axloqsiz reklama”, “yashirin reklama”, “homiylik” kabi yangi tushunchalar bilan to‘ldirilmoqda.
Shuningdek, televideniye, radio, bosma ommaviy axborot vositalari va telekommunikatsiya tarmoqlarida reklama joylashtirish tartibi takomillashtirilmoqda.
Jumladan, telekanallarda davomiyligi o‘n daqiqadan kam bo‘lgan teleko‘rsatuvlarni reklama bilan uzib qo‘yishga va reklama bilan birga namoyish etish man etilmoqda.
Bundan tashqari, dori vositalarini reklama qilishda quyidagilar taqiqlanmoqda:
• taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlarning tashqi ko‘rinishiga o‘xshash shaxslarning ishtirok etishi;
• olimlarning, tibbiyot xodimlarining tavsiyalaridan, xuddi shuningdek alohida shaxslarning minnatdorchiligidan, tavsiyalaridan va reklama qilinayotgan dori vositalarining ta’siri haqidagi hikoyalaridan iborat bo‘lgan tavsiyalardan foydalanish taqiqlanmoqda.
Yangi tahrirdagi qonun bilan voyaga yetmaganlarni ularning ishonchi va tajribasi yetishmasligini suiiste’mol qilishdan himoya qilish tartibi alohida keltirilgan.
Shuningdek, ishchi guruh a’zolari Qonunda bayon etilgan ayrim moddalar hayotga tatbiq etilishi bilan bog‘liq jarayonlarga ham o‘z e’tiborini qaratdi. Xususan, ayrim turdagi reklama vositalari orqali reklama tarqatishning o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, televideniye, radio, bosma OAV, telekomunikatsiya tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatiladigan reklamaga qo‘yiladigan talablar batafsil ko‘rib chiqilgan.
LiveBarchasi