O‘zbekistonda talabalar uylari ko‘paytiriladi

Jamiyat

image

Kecha, 27 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlarning ijtimoiy masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar qildi.

Bugungi kunda 129 ta oliy o‘quv yurtida 500 mingdan ortiq talaba o‘qiyotgani, lekin ular yotoqxona bilan yetarlicha ta’minlanmagani ko‘rsatib o‘tildi.

“Oxirgi 4 yilda OTMlar soni 47 taga ortdi. Lekin poytaxtning o‘zidagi jami 85 ta talabalar uyida atigi 13 foiz yoshlar turar-joy bilan ta’minlangan.

Yoki 18 ming talaba tahsil olayotgan Samarqand davlat universitetida bor-yo‘g‘i 1 600 o‘rinli yotoqxona mavjud”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuning uchun bir oy muddatda 2021–2023 yillarda talabalar uylarini qurish dasturi ishlab chiqilib, Hukumatga kiritilishi belgilandi. Shuningdek, talabalar uylarini bir xonaga 4 talaba joylashadigan qilib, qurish kerakligi ta’kidlandi.

Bunga Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov va Moliya vaziri Timur Ishmetov mas’ul bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

talaba

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing