O‘zbekistonda talabalar uchun yana bir stipendiya ta’sis etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda talabalar uchun ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri stipendiyasi ta’sis etiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda nazarda tutilgan.

Qarorga ko‘ra, joriy yilning 1 sentyabridan oliy ta’lim muassasalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonchilik, “yashil” iqtisodiyot, gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlaridagi eng iqtidorli talabalar uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri stipendiyasi ta’sis etiladi.

Bunda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning bir yillik shartnoma to‘lovi qoplangan holda, har oyda Bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 3 baravarida (990 ming so‘m), davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravarida (1 million 980 ming so‘m) stipendiyalar tayinlanadi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi tashkil etilgandi. Shuningdek, yanvar oyida esa tarix va geografiya yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalar uchun Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

stipendiya talabalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing