O‘zbekistonda taqiqlangan yig‘in o‘tkazganlar javobgarlikka tortildi

Jamiyat

image

Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan 1 aprelga qadar O‘zbekistonda 17 668 ta karantin qoidalariga amal qilmaslik holati aniqlangan. Bu bir sutkada 2 700 ta qoidabuzarlikka to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, 4 nafar qoidabuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ma’muriy javobgarlikka tortilganlardan 17 109 tasi tibbiy niqob taqmasdan yurgan fuqarolarni tashkil qiladi. 

Shuningdek, 149 ta holatda vaqtincha to‘xtatilgan savdo va ko‘ngilochar maskanlarni ishini davom ettirgani aniqlangan. 

Bundan tashqari, ogohlantirishlarga qaramay, 314 nafar fuqaro karantin hududini tashlab, qochib ketgan. 

23 ta holatda fuqarolar to‘y marosimlarini yoki boshqa taqiqlangan yig‘inlarni o‘tkazganliklari uchun javobgarlikka tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar soni 173 nafarga yetdi. Ularning 8 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

149

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing