O‘zbekistonda tadbirkorlik xiyobonlari tashkil etiladi
Jamiyat
−
24 yanvar 2023
4756Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, respublika hududlarida “Tadbirkorlar xiyobonlari” tashkil etiladi. Bunda:
• xiyobonlar tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan Savdo-sanoat palatasiga to‘langan a’zolik badallari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari hamda mahalliy byudjetlar mablag‘lari hisobidan barpo etiladi;
• tashkil etilayotgan xiyobonlarda tadbirkorlar, bank vakillari, investorlarning biznes loyihalarini muhokama qilish hamda “B2B” tadbirlari va “kovorking” faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi, Wi-Fi zonalar tashkil qilinadi;
• faol tadbirkorlarning erishgan natijalarini namoyish etish maqsadida yil davomida ko‘rgazmalar o‘tkazib boriladi;
Qayd etilishicha, xiyobonlardagi bino-inshootlar Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari balansiga o‘tkazib beriladi.
LiveBarchasi