O‘zbekistonda ta’limga sarflanayotgan mablag‘ keskin oshdi
Jamiyat
−
09:45 647 1 daqiqa
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 23,8 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 22,7 foizga oshgan.
Ta’lim xizmatlari tarkibida eng katta ulush oliy ta’lim hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu yo‘nalish jami ta’lim xizmatlarining 42,4 foizini tashkil etgan.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan. Poytaxtda yarim yil davomida ta’lim xizmatlari hajmi 12,7 trln so‘mga yetgan.
Undan keyingi o‘rinlarni Samarqand va Farg‘ona viloyatlari egallagan – har birida 1,5 trln so‘mdan. Andijon viloyatida ushbu ko‘rsatkich 1,2 trln so‘mni tashkil etgan.
Qolgan hududlarda ta’lim xizmatlari hajmi quyidagicha:
- Toshkent viloyati – 1,1 trln so‘m;
- Namangan viloyati – 1,1 trln so‘m;
- Buxoro viloyati – 1 trln so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 877,7 mlrd so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 691,3 mlrd so‘m;
- Xorazm viloyati – 602,5 mlrd so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 577,8 mlrd so‘m;
- Navoiy viloyati – 373,6 mlrd so‘m;
- Jizzax viloyati – 323,9 mlrd so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 243,6 mlrd so‘m.
Shu tariqa, 2026 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda ta’lim xizmatlariga sarflangan mablag‘ hajmi 23 trln so‘mdan oshgan.
Live
Barchasi