O‘zbekistonda so‘z erkinligi qasddan qilingan siyosiy qaror – Allamjonov
Jamiyat
−
11 Sentabr 2021
7545O‘zbekistonda so‘z erkinligiga yo‘l ochilishi qasddan qilingan siyosiy qaror edi. U mamlakatni butunlay o‘zgartirib yubordi. O‘zbekiston nafaqat dunyoga ochildi va global kun tartibida qatnasha boshladi, balki odamlar hamda hokimiyat o‘rtasidagi to‘siqlar olib tashlandi. Bu haqda kecha, 10 sentyabr kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi Komil Allamjonov “Markaziy Osiyoda ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy ahamiyatini oshirish” mavzusida YeXHTning 23-Markaziy Osiyo OAV konferensiyasida so‘z ochdi.
“Mamlakatimizda senzura, jurnalistlarning ishiga aralashish va ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilish taqiqlangan. Va bu endi shunchaki balandparvoz so‘zlar emas. O‘zbekiston jurnalistlar hamjamiyati bu qonunlarning bajarilishini juda qattiq nazorat qiladi. Tahririyatga qilingan har bir bosim darhol ommaga ma’lum bo‘ladi va deyarli hech kim materialni olib tashlash talabi bilan tahririyatga qo‘ng‘iroq qilmaydi.
Ommaviy axborot vositalarining ko‘pi nodavlat tashkilotlar bo‘lib, axborot siyosati qanday bo‘lishini o‘zlari hal qiladi. Albatta, bunday qisqa vaqt ichida bizni G‘arb uslubidagi ommaviy axborot vositalari bilan solishtirish qiyin, lekin bu jarayon to‘xtovsiz davom etadi”, deydi Allamjonov.
Uning ta’kidlashicha, Yangi O‘zbekistonda jurnalistikasining 2016 yildagisi bilan yer bilan osmoncha farqi bor.
"Biroq, mamlakatda muammolar ko‘p. Endi birini “og‘zini yopsang”, ikkinchisiniki ochildi va yana ko‘plab boshqa muammolar paydo bo‘ldi, jurnalistlarga nisbatan bosim o‘tkazildi, sud bilan tahdid qilindi, da’vo arizasi berildi, zaif tomonini topishga urinildi. Ammo, har bir shunga o‘xshash holat kuchliroq bo‘lish uchun sababdir", deydi janob Allamjonov.
2018 yilda Prezident Mirziyoyevning Matbuot kotibi bo‘lib ishlagan Komil Allamjonov mamlakatga so‘z erkinligi bilan bir qatorda, yolg‘on axborot yog‘ilganini ham urg‘uladi. Unga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston barcha demokratik davlatlar boshidan kechirayotgan muammolarni boshdan kechirmoqda, jumladan dezinformatsiya, yolg‘on xabar va manipulyatsiyani ham.
"O‘zbekiston butun dunyo bilan birga axborot urushida qatnashmoqda va manipulyatsiya qurboni bo‘lmaslik uchun haqiqatni yolg‘ondan ajratishga harakat qilyapti. Bu borada mamlakatning tajribasi kam, ammo shunga qaramay, ishlar davom etmoqda.
Maktablarda media-savodxonlikni joriy etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu mavzu uzoq vaqtdan buyon qo‘shnilarimiz bo‘lgan: Qozog‘iston, Qirg‘izistonning o‘rta sinflarida bo‘lgan, endi esa Tojikistonda joriy etiladi. Endilikda bolalar maktab paytidanoq Internetdan qanday foydalanishni biladi.
Yoshi kattalarda bunday imkoniyat bo‘lmagan, lekin hamma ommaviy axborot savodiga muhtoj. Tadqiqot o‘tkazish kerak "Odamlar kimga ishonishadi? Ular nimani tinglashni xohlaydilar? Ularga qanday yangiliklar kerak? Ularni qanday olinadi? ", deya fikr bildirdi Fond raisi.
Komil Allamjonovning ma’lum qilishicha, u media sohasidagi barcha yangilik va g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Hech kimni so‘z erkinligidan hafsalasi pir bo‘lib, yana yopilib olmasligi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 9 sentyabr kuni “Markaziy Osiyoda ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy ahamiyatini oshirish” mavzusida YeXHTning 23-Markaziy Osiyo OAV konferensiyasi boshlagandi. 10 sentyabr kuni esa, ushbu konferensiya yakuniga yetdi.
Unda YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Tereza Ribeyru, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov hamda YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari bo‘yicha koordinatori, loyihaviy faoliyat bo‘yicha bosh mutaxassis Xans-Ulrix Im, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi Komil Allamjonov ishtirok etdi.