O‘zbekistonda Suriyadagi urush hududlariga ketgan fuqarolar haqida film suratga olinyapti
Madaniyat-san’at
−
12 aprel 2021
10676O‘zbekistonda turli qing‘ir g‘oyalar ta’siriga tushib, Suriyaga borib qolgan va terroristik guruhlar tazyiqi ostida qolgan o‘zbekistonliklar haqida film suratga olinmoqda. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi xabar berdi.
Agentlik buyurtmasiga ko‘ra, “Buxoriylar” studiyasi tomonidan suratga olinayotgan kartina “Tutqunlik” deb nom olgan.
Film Suriyadan ayollar va bolalarni olib kelish bo‘yicha 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan “Mehr” operatsiyasiga bag‘ishlanadi.
Qayd etilishicha, kinokartinada asosan, turli vaziyatlar bilan Suriyaga borib qolgan insonlar, oilalar taqdiriga urg‘u beriladi. Yaqin Sharqga ish izlab borgan yosh feldsher yigit, erining orqasidan borishga majbur bo‘lgan va uni yo‘qotib qo‘ygan ayol, ota-onasi Suriyaga olib ketgan 11 yoshli o‘spirin yigitcha kabi qahramonlar taqdiri haqida hikoya qilinadi.
Ssenariy muallifi Azamat Qorjovov, rejissyor Rashid Malikov, postanovkachi operator Aleksey Venzos, rassom Doniyor Abdurahmanov, liboslar bo‘yicha rassom Yelena Aitova. Filmda Nigina Anorboyeva, Feruza Sobitova, Anvar Mavlonov, Firdavs Oripov kabi aktyorlar rol ijro qilmoqda.
Hozirda filmning tasvirga olish ishlari Buxoroda bo‘lib o‘tmoqda.
LiveBarchasi