Oktyabrda Rossiyada o‘zbek filmlari haftaligi bo‘lib o‘tadi
Madaniyat-san’at
−
19 Sentabr 2019
6107O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar yildan-yilga kengayib, ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar va do‘stlik rishtalari tobora mustahkamlanmoqda. Barcha sohalarda, ayniqsa, madaniyat va san’at sohasida hamkorlik izchil rivojlanmoqda.
Ana shu an’ananing davomi sifatida joriy yilning 1-5 oktyabr kunlari Rossiyaning Moskva va Qozon shaharlarida “O‘zbek kinosi kunlari” o‘tkaziladi.
Mazkur haftalik Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi, “O‘zbekkino”, “Festsinema” va “Dom kino” tomonidan tashkillashtirilmoqda.
Filmlar namoyishiga kirish bepul bo‘ladi.
Haftalik davomida 14 ta o‘zbek filmi, jumladan 4 ta hujjatli film namoyish qilinadi.
LiveBarchasi