Germaniyada zumerlar boş kötardi: dökonlar talon-toroj qilindi

Olam

−

image

Germaniyaning Frankfurt şahrida yoşlar namoyişi vaqtida tartibsizliklar yuz berdi. Namoyişçilar kamida ikkita dökonni talon-toroj qilib, yana bir neçta savdo nuqtasiga zarar yetkazdi. Mamlakatning 34 ta şahrida ötkazilgan namoyişlarda yoşlar ta’limga köproq mablağ ajratiş, yaşaş xarajatlarini kamaytirişni talab qilib, majburiy harbiy xizmatga qarşi çiqdi. Bu haqda “Reuters“ xabar berdi.

Keça, 31 oktyabr kuni “Gen Z regelt“ (“Gen Z boşqaradi“) harakati tomonidan taşkil etilgan namoyişlarda ön minglab odamlar qatnaşgan. Frankfurt, Berlin va Myunxen kabi yirik şaharlarda ötkazilgan aksiyalarda yoşlar ta’lim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlarni moliyalaştirişni yaxşilaşni talab qilgan.\

“Zöravonlik bilan boğliq tartibsizliklar davom etmoqda. Şahar markazidagi bir neçta dökonning oynalari sindirilgan. Favqulodda xizmatlar xodimlariga ham molotov kokteyllari uloqtirilmoqda. Barça fuqarolardan şahar markaziga bormaslik yoki hududni tark etişni söraymiz“, deyiladi Frankfurt politsiyasining X ijtimoiy tarmoğidagi bayonotida.

Berlinning haşamatli dökonlari joylaşgan Kurfyurstendamm köçasidagi ayrim savdo nuqtalari ham namoyişlar oldidan ehtimoliy tartibsizliklardan xavotirlanib, derazalarini himoya panellari bilan tösib qöygan.

Taşkilotçilar namoyişlarda 182 ming kişi qatnaşişini kutgan edi. Biroq Frankfurt, Myunxen va Berlin politsiyasi jami 18 ming nafargaça namoyişçi köçaga çiqqanini bildirgan. Taşkilotçilar esa öz saytida qatnaşçilar sonini taxminan 36 ming deb körsatgan.

Gessen federal yeri içki işlar vaziri Roman Pozek Fransiyadagi tartibsizliklarni eslatib, Germaniyada ham dökonlarni talon-toroj qiliş, binolarni yoqiş va politsiyaga hujum qiliş holatlari takrorlanmasligi kerakligini aytgan.

Namoyişçilar hukumatni yoşlarning muammolariga yetarliça e’tibor bermayotganlikda ayblagan. Myunxendagi mitingda qatnaşişi rejalaştirilgan 18 yoşli Stiv hukumatni xarajatlarni qisqartiriş va yoşlar zimmasiga qöşimça yuk yuklaşda davom etayotganini tanqid qilgan.

“Hukumat taşvişlarimizga javoban xarajatlarni qisqartiriş va zimmamizga yanada köproq yuk yuklaşda davom etişdan boşqa heç narsa taklif qilgani yöq. Bizni e’tiborsiz qoldirişni bas qilmaguningizça, tinç yiğilişlar ötkaziş konstitutsiyaviy huquqimizdan foydalanişda davom etamiz“, degan u.

Namoyişlar Germaniyada iqtisodiy ösiş sekinlaşgani, yaşaş xarajatlari oşgani hamda pensiya tizimi va davlat xizmatlariga bosim kuçaygani fonida ötkazilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniyaning 34 ta şahrida ommaviy namoyişlarda 160 mingdan ortiq odam iştirok etişi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing