12 ta multfilm yaratish uchun byudjetdan 4,458 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan
Jamiyat
−
02 iyun 2020
129722019 yilda 12 ta multfilmni yaratish uchun "O‘zbekkino" Milliy agentligiga 4 milliard 458 million so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘i ajratilgan. Bu haqda agentlik Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mablag‘ning 76,24% – (3 milliard 400 million so‘m) 2019 yilda 9 ta multfilm ishlab chiqargan davlat multimedia studiyasiga berilgan (ularning 4 ta multfilmi ustidagi ishlar 2020 yilda ham davom ettiriladi), qolgan 23,76% (1 milliard 59 million so‘m) mablag‘ 3 ta multfilm yaratgan xususiy ishlab chiqaruvchilarga ajratilgan.
Ta’kidlanishicha, 2020 yildan e’tiboran barcha film loyihalari faqat tender asosida ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Masalan, joriy yilda "O‘zbekkino" Milliy agentligi qoshidagi Badiiy kengash 3 ta multfilm ishlab chiqish uchun qarorni aynan e’lon qilingan tender natijalariga asosan qabul qildi. Ulardan bittasi davlat studiyalari tomonidan, 2 tasi xususiy studiyalar tomonidan suratga olinadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekkino" tomonidan Amir Temur va Abdulla Oripov haqida film suratga olinishi aytilgan edi.
LiveBarchasi