Mashhur “Valli” multfilmidagi yoqimtoy robotning prototipi yaratildi

Texnologiya

image

Amerikalik muhandis Mett Xobbs mashhur multfilmdagi Wall-E (Valli) robotining nusxasini yaratdi. Bu haqda “Shazoo” nashri xabar berdi. 

Wall-E boshqalarga yoqimli ko‘z bilan qaraydi, qo‘llarini kulgili tarzda silkitadi va o‘z ismini multfilmdagi ovozdek talaffuz qiladi. Ixtirochi hozir robotni turli ko‘rgazmalarga olib borib, odamlarni xursand qilyapti. 

Robot ustida Xobbs bilan birga bir guruh yosh muhandislar va Makmaster internet do‘koni besh yil davomida ish olib borgan. Biroq Wall-E qurilmasining ba’zi funksiyalari Yulduzli urushlar droidiga qaraganda ancha murakkabroq bo‘lib chiqdi. Ushbu jarayonda Makmasterning avvalroq yaratgan R2D2 roboti tajribasi as qotgan.

Dizayn nuqtai nazaridan Wall-E’ning haqiqiy prototiplari yoki modellari yo‘q – Pixar animatsiyaga ega to‘liq huquqli 3D modeli bilan chegaralangan.

R2D2’dan farqli o‘laroq, haqiqiy Wall-E ko‘proq harakat erkinligiga ega. U silliq yuzalarda yaxshi harakat qiladi. Bundan tashqari, Makmaster robotning “qo‘l”larini kuchliroqlari bilan almashtirib, ularning aniqligi va tezligini oshirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning Skeletonics – ekzoskelet ishlab chiqaruvchi kompaniyasi “ Transformerlar” filmidagi jangovar robotlarning kostyumini yaratdi.


Maqola muallifi

Teglar

robot mul'tfil'm Valli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing