Yaponiya sun’iy intellektga ega 10 mln robotni ishga tushirmoqchi
Texnologiya
−
02 iyul 2132 2 daqiqa
Yaponiya mamlakatdagi ishchi kuchi kamayishini qoplash maqsadida 2040 yilgacha iqtisodiyotning 18 ta tarmog‘ida sun’iy intellektga (SI) ega 10 million robotdan foydalanish niyatida. Bu haqda Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligiga tayanib, NHK xabar berdi.
Qayd etilishicha, hukumat sun’iy intellektga ega robotlarni rivojlantirish va joriy etishning yangi strategiyasini taqdim etgan. Unga ko‘ra, mamlakatda ishchi kuchi qisqarishiga qarshi kurashish maqsadida 2040 yilgacha iqtisodiyotning 18 ta turli tarmog‘ida sun’iy intellektli 10 million robotni ishga solish rejalashtirilmoqda.
Robotlardan sanoat ishlab chiqarishi, infratuzilmaga texnik xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, keksalarni parvarish qilish sohasi, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish va mudofaa tarmoqlarida foydalanish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, nafaqat raqamli muhitda ishlay oladigan, balki jismoniy dunyoda ham vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan sun’iy intellekt tizimlarini yaratish loyihasini amalga oshirish uchun 380 milliard iyena (taxminan 2,3 mlrd dollar) ajratiladi.
Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Akadzava Ryosey Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlarga bayonot berib, “Yaponiya robototexnika uchun sun’iy intellekt ishlab chiqishda dunyo yetakchisiga aylanishi” yo‘lida bir qator tarmoqlarda allaqachon ma’lumotlar yig‘ish jarayoni olib borilayotganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Uxan shahrida gumanoid robotlar uchun kundalik hayotiy vazifalarni o‘rganadigan maxsus robotlar maktabi ochilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust