O‘zbekistonda sog‘ayganlar 15 nafarga ko‘paydi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatida 15 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 14 may kuni sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Samarqand viloyatida 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (6 nafari Samarqand shahridan, 4 nafari Toyloq tumanidan, 3 nafari Oqdaryo tumanidan, 1 nafardan esa Payariq va Ishtixon tumanlaridan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 6 nafari erkak, 9 nafari ayol, eng yoshi kattasi 52 yoshda, yoshi kichigi esa 11 yoshda.

Ma’lumot uchun, viloyatda shu paytga qadar 129 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 144 nafarga yetdi. Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2156 nafarni tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

164

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing