O‘zbekistonda sirtdan qamalgan Niyetbay Urazbayev Olmaotada vafot etdi
3-sahifa
−
10 yanvar
210469 yanvar kuni Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi qoraqalpoq diasporasi lideri Niyetbay Urazbayev Olmaotadagi shifoxonalardan birida yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda "Orda" nashri xabar berdi.
Niyetbay Urazbayev so‘nggi paytlarda Aqtaudan Olmaotaga ko‘chib kelib, qizining uyida yashagan.
"Juma kuni uning ahvoli keskin yomonlashdi, tez yordam chaqirdik. U ikki kun reanimatsiyada saqlandi, yakshanba kuni oddiy palataga ko‘chirilgan. U kardiologiya bo‘limida yotgan edi", degan qoraqalpoq diasporasi vakillaridan biri Aqilbek Muratbay.
Ma’lumot o‘rnida, Niyetbay Urazbayev 1969 yilda Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. U 2004 yildan Qozog‘istonda yashab kelgan, Mang‘istau viloyati "Allayar joli" qoraqalpoq etnik-madaniy birlashmasi raisi bo‘lgan, 2017 yilda O‘zbekiston fuqaroligidan chiqib, Qozog‘iston fuqaroligini olgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2022 yil oktyabrida Niyetbay Urazbayevga konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilgani uchun davlatlararo qidiruv e’lon qilgan.
Urazbayevga 2023 yil 10 may kuni Qoraqalpog‘iston sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan 2022 yil iyulidagi Nukus voqealari bo‘yicha jinoiy ishda ayblov e’lon qilingan. Urazbayev Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli, deb topilib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 59-moddasi 3-qismi tartibida 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangandi.
LiveBarchasi