O‘zbekistonda sabzining narxi keskin ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda sabzining narxida bir necha yil ichidagi eng yuqori o‘sish qayd etildi. Bu haqda “East-Fruit” nashri xabar berdi

Unga ko‘ra, 2022 yil bahorida Toshkentdagi ulgurji bozorlarda sabzining dastlabki yirik partiyalari 20 martda paydo bo‘lgan, 2021 yilda ham ushbu mahsulotning birinchi ulgurji partiyalari mart oyining o‘rtalaridan boshlab bozorlarga chiqqan. 

Biroq bu yil Toshkent bozorlarida hali ham katta partiyadagi sabzi yo‘q. Bu esa mahsulotlarning katta partiyalari bozorga sezilarli kechikish bilan kirib kelishini anglatadi. Ayni kunlarda, sabzi narxi ketma-ket uchinchi hafta davomida qimmatlashmoqda. Bu davrda esa ulgurji narxlar 1,5 barobar oshib, so‘nggi bir necha yil ichida rekord darajada yuqoriladi.

O‘tkazilgan monitoringga ko‘ra, 2023 yilning 17 martidan 7 apreliga qadar O‘zbekistonda o‘tgan yilgi sabzi (2022 yil hosili)ning o‘rtacha ulgurji narxi kilogrammi uchun 4000 dan 6000 so‘mgacha oshgan. Oxirgi uch hafta ichida esa bu 50 foizlik natijaga yetgan.

2023 yil 7 aprel holatiga ko‘ra, ushbu mahsulotlarning o‘rtacha ulgurji narxi 2022-2021 yillarning aprel-may oylarida qayd etilgan maksimal darajadan 20 foizga yuqori bo‘lgan. So‘nggi bir necha yil ichida o‘tgan yilgi sabzi bo‘yicha avvalgi mutloq rekord 2021 yil iyun oyining birinchi o‘n kunligi oxirida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda ushbu mahsulotning o‘rtacha ulgurji narxi 5200 so‘mni tashkil etgan.

“So‘nggi bir necha hafta ichida narxlarning bunday o‘sishiga tashqi bozorlarning ta’siri asosiy omil emas va bunday dinamika asosan ichki bozordagi talab va taklif nisbati bilan shakllanadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda piyozning narxi barqarorlashgani sababli uning eksportiga o‘rnatilgan cheklov bekor qilingan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

bozor sabzavot sabzi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing