Namangandagi bozorga o‘t ketdi (video)
3-sahifa
−
15:24 1983 1 daqiqa
Bugun, 18 avgust kuni Namangan viloyati, Yangi Namangan tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 13:46 da “112” tizimi orqali Namangan viloyati, Yangi Namangan tumani, “Mingchinor” MFY hududida joylashgan “Qurilish mollari savdo bozori” hududida savdo rastalari yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Yong‘in joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib borib, yong‘in soat 13:58 da qurshab olingan va soat 15:58 da to‘liq o‘chirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda esa bozor ichidagi yengil avtomobilning to‘liq yonib ketgani ko‘ringan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi