Referendumda ovoz berish boshlandi (fotoreportaj)
Jamiyat
−
30 aprel 2023
5503Bugun, 30 aprel kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasi bo‘yicha referendum uchun ovoz berish boshlandi.
Ovoz berish soat 08:00 dan boshlab soat 20:00 ga qadar davom etadi.
Referendumda ovoz berish byulletenida ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari "ha" yoki "yo‘q" deb ko‘rsatilgan. Shuningdek, ovoz berish byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risida ham tushuntirish beriladi.
Ovoz berish byulletenlarini ko‘zi ojiz ovoz beruvchilar tomonidan to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida trafaretlar ham tayyorlangan.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasida amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritish, moddalar sonini 128 tadan 155 taga oshirish rejalashtirilgan.
Yangi Konstitutsiyaning to‘liq matni bilan quyidagi ilova orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining referendumida joriy yil 19-26 aprel kunlari 611 320 nafar fuqarolar muddatidan oldin ovoz berdi.
LiveBarchasi