O‘zbekistonda Prezident universiteti tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Prezident universiteti tashkil etiladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati va oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. 

O‘zAning yozishicha, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida Prezident universitetini tashkil etish ham ko‘zda tutilgan. 

Prezident universiteti — xalqaro standartlar va milliy an’analar uyg‘unligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar, professional kadrlarni tayyorlovchi yetakchi ta’lim va ilm-fan markaziga aylanadi. Shuningdek, Prezident universitetida ta’limga kredit-moduli tizimi joriy qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-2020 o‘quv yilidan O‘zbekiston Prezident maktablari faoliyat yurita boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

universitet oliy ta'lim

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing