O‘zbekistonda “prava”ga o‘qitish bir oyda qanchaga qimmatlashgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
18 aprel 2022
133922022 yilning mart oyida haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxlari fevral oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 13,3 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 13,9 foizga qimmatlashgan.
Haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ya’ni bir yilda o‘rtacha 15,2 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 12 aprelidagi qarori bilan O‘zbekistonda eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi. Endilikda haydovchilar eski haydovchilik guvohnomalarini quyidagi muddatlarda almashtirish kerak:
• 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
• 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
• 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;
• 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.
LiveBarchasi