O‘zbekistonda poraxo‘rlarning “qora ro‘yxati” shakllantiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda mansabdor shaxslarning daromadlarini deklaratsiyalash bo‘yicha qonun loyihasi muhokamaga chiqarilishi kutilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, "Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmoni hamda "Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarorini ishlab chiqish rejalashtirilgan. 

Ularda quyidagilar nazarda tutiladi:

•  korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri yuritiladi. Unga kiritilganlarga bir qator cheklovlar o‘rnatiladi;

•  2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi;

•  manfaatlar to‘qnashuvi deb hisoblanadigan holatlar belgilanadi, ularga yo‘l qo‘yganlar javobgarlikka tortiladi;

•  korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi;

•  kadrlar bilan ishlash, xo‘jalik ishlari, moliya-iqtisod bo‘linmalari va nazorat funksiyasiga ega tuzilmalar rahbarlarini har 5 yilda rotatsiya qilish mexanizmi kiritiladi;

•  Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha vakolatlari kengaytiriladi.

Shuningdek,  2021–2022 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi loyihalari ham ishlab chiqildi.

 

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

pora

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing