O‘zbekistonda pomidor narxi so‘nggi besh yillik rekordni yangiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda dekabr oyi holatiga ko‘ra 1 kg pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 19 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda EastFruit tahlilchilari ma’lum qildi.  

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023 yil 6 oktyabrdan 1 dekabrgacha O‘zbekistonda 1kg pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 4000 so‘mdan 19 000 so‘mgacha (0,33$ dan 1,55$ gacha) qimmatlagan. Bu ko‘rsatkich ayni paytda pomidor qiymati oktyabr oyining birinchi o‘n kunligidagidan 4,8 baravarga ko‘tarilganini bildiradi.

O‘zbekistonda ikki oydan beri pomidorning narxi doimiy ravishda oshib bormoqda. Tahlilchilar pomidorning hozirgi ulgurji narxi so‘nggi besh yildagi eng yuqori darajaga yetganini aytmoqda.

"Ushbu mahsulot narxining oshishiga issiqxonalar uchun gaz ta’minotidagi muammo sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli avgust va sentyabr oylarida O‘zbekiston fermer xo‘jaliklarida kamroq pomidor yetishtirilgan", deyiladi ushbu tahlilda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston pomidor narxi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made