O‘zbekistonda pensiya yoshi oshadimi? Jahon bankining chaqiruviga javob qaytarildi

Jamiyat

image

Bir necha kun avvalroq Jahon banki O‘zbekistonda pensiya yoshini 65 yoshga oshirishni taklif qilgan edi. Pensiya jamg‘armasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan ushbu ma’lumot yuzasidan izoh berdi.

“Hozirgi kunda O‘zbekistonda pensiya yoshi 55-60 yoshni tashkil qiladi. Pensiya jamg‘armasi hozirda bu bo‘yicha hech qanday taklif yoki loyiha ko‘rib chiqilmayotgani, shuningdek, bu masala kun tartibida emasligini ma’lum qiladi. Demak, bu taklif hech bir kuchga ega emas va xavotirga o‘rin yo‘q”, deyiladi izohda.

Eslatib o‘tamiz, Jahon banki O‘zbekistonda pensiya yoshini uzaytirish bo‘yicha bir qancha takliflarni bergan edi. Jumladan, O‘zbekiston sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari ichida pensiya yoshi eng past respublika ekanligi hamda davlatda ayollar 55 yoshdan, erkaklar 60 yoshdan pensiyaga chiqishi aytilgan edi. Shuningdek, Estoniya, Latviya, Litva va Ozarbayjonda ayollar va erkaklar uchun pensiya yoshi 65 yoshga ko‘tarilgani ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon banki pensiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing