O‘zbekistonda pedagoglarning maoshi oshiriladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Akademik litseylar va professional ta’lim tizimi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish va ularning mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining qator takliflarini ma’qullanishi mumkin.

Jumladan, akademik litseylar va professional ta’lim tizimidagi ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda – Ta’lim muassasalari) rahbar va pedagog xodimlari hamda o‘quv yordamchi xodimlarining lavozim maoshlarini:

a) 2020 yil 1 yanvardan - 2 baravarga oshirish;

b) 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab - 1,2 baravarga oshirish;

v) 2020 yil 1 yanvardan yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa xodimlarning lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlarini bir yarim baravar miqdorida qo‘llash;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (keyingi o‘rinlarda – Institut)ning professional ta’limni innovatsion rivojlantirish tuzilmasiga tegishli boshqarma va bo‘limlarida (malaka oshirish va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi boshqarma va bo‘limlar bundan mustasno) faoliyat ko‘rsatayotgan uslubchi va dasturchi-muhandis lavozimlari negizida bosh mutaxassis va yetakchi mutaxassis lavozimlarini joriy etish, shuningdek, boshqarma (bo‘lim) boshliqlari, bosh va yetakchi mutaxassislarning lavozim maoshlarini mos ravishda oliy ta’lim muassasasi dotsenti, katta o‘qituvchisi va assistenti bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtirish;

Institutning qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish asosida ishlab topgan byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Institut xodimlari lavozim maoshlariga 200 foizgacha ustama haq to‘lash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda:

2020 yil 1 yanvardan Ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari hamda texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv yordamchi va boshqa xodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda, mehnatga haq to‘lashning takomillashtirilgan mexanizmini joriy etadi;

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Ta’lim muassasalarining kunduzgi o‘qish bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklariga qarab bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbatining cheklangan normativlarini 1:10,0 nisbatida belgilaydi.

Ta’lim yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbatining normativlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanishi belgilanadi.

2020 yil 1 yanvardan boshlab:

a) Ta’lim muassasalari xodimlariga ustamalar belgilash, mukofotlar to‘lash va moddiy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan ularni rag‘batlantirish maqsadida, ta’lim muassasalarida byudjet tashkilotlari uchun qo‘llaniladigan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi tashkil etiladi.

b) Ta’lim muassasalarining pedagog xodimlariga qo‘shimcha haq, “Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori”ning:

•    guruh rahbarligi uchun - 50 foiz;

•    yozma ishlarni tekshirish uchun - 25 foiz;

•    o‘quv va laboratoriya kabinetlariga mudirlik uchun - 25 foiz miqdorlarda belgilanadi.

Mazkur qo‘shimcha haqlar bilan bog‘liq xarajatlar ta’lim muassasalarini moliyalashtirish manbaasidan kelib chiqib, mos ravishda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanishi inobatga olinadi.


Maqola muallifi

Teglar

maosh pedagog

Baholaganlar

112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing