Hozir 40 ming muallim 1 ming dollardan yuqori maosh olmoqda – Prezident
Jamiyat
−
14:48 298 1 daqiqa
Hozirgi kunda O‘zbekistonda 40 ming muallim 1 ming dollardan, yana 1,5 ming nafari 2 ming dollardan yuqori maosh olmoqda. Bu haqda bugun, 30 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, muallimning qadri va obro‘sini yuksaltirish natijasida sohaga ko‘plab malakali pedagoglar kirib kelgan. Xalqaro va milliy sertifikatga ega o‘qituvchilar soni besh yilda 29 mingdan 143 mingga oshgan, maktablarda o‘qituvchi yetishmasligi uch barobar kamaygan. PISA tahlilida bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda 8 foiz, o‘rganilgan 91 davlatda o‘rtacha 40 foiz ekani keltirilgan.
Hozir 40 ming muallim 1 ming dollardan, yana 1,5 ming nafari 2 ming dollardan yuqori maosh olmoqda. Zamonaviy metodikani joriy qilayotgan, olimpiada g‘oliblarini tayyorlayotgan ustozlarning mehnati rag‘batlantirilmoqda.
Yangi formatda o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining 208 nafar tuman va shahar g‘olibiga ilk bor 616 million so‘mdan mukofot berildi. Prezident bunday e’tirof yanada ko‘proq muallimlarni yuksak marralarga intilishga undashini ta’kidlagan.
Kelasi yildan tanlovni 14 ta hududdagi bog‘cha tarbiyachilari va texnikum ustalari o‘rtasida ham o‘tkazish, ularni mukofotlash taklif qilingan.
Live
Barchasi