Endi xodimlar maoşini oşirib boriş şart böladi
Olam
−
11:42 1484 2 daqiqa
Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov Mehnat kodeksiga iş beruvçilar zimmasiga inflyatsiyani hisobga olgan holda xodimlar maoşini oşirib boriş majburiyatini yuklovçi özgartirişlarni imzoladi. Bu haqda “Kaktus.media” xabar berdi.
Qonunga kiritilgan özgartirişlarga muvofiq, iş beruvçilar iste’mol narxlari oşişini hisobga olib, xodimlarning iş haqini indeksatsiya qilib borişi lozim. Bunda davlat byudjetidan moliyalaştiriladigan taşkilotlarda maoşlarni oşiriş qonunçilikda belgilangan tartib asosida amalga oşiriladi.
Xususiy sektorda esa iş haqini indeksatsiya qiliş şartlari, uning miqdori va davriyligi jamoa şartnomalari, kelişuvlar yoki korxonaning içki hujjatlarida belgilanadi. Şu bilan birga, qonunda maoşlarni oşirişning aniq foizi körsatilmagan. Şu sababli yangi talab barça xodimlarning iş haqi inflyatsiya darajasiga avtomatik ravişda oşirilişini anglatmaydi. Indeksatsiya tartibi va miqdori iş beruvçi faoliyat yuritadigan soha hamda tegişli hujjatlarga boğliq böladi.
Qayd etilişiça, maoşlarni inflyatsiyaga muvofiq indeksatsiya qiliş talabi avval ham Qirğiziston mehnat qonunçiligida mavjud edi. Biroq 2025 yilda qabul qilingan Mehnat kodeksining yangi tahririda bu qoida aks etmagan. Yangi özgartirişlar bilan uşbu talab qayta tiklanmoqda.
Qonun loyihasi taşabbuskorlari özgartiriş kiritiş zaruratini aholi yaşaş xarajatlarining ortişi bilan izohlagan. Ularning ma’lumotlariga köra, 2014–2024 yillarda Qirğizistonda iste’mol narxlari 68,2 foizga kötarilgan.
Respublika Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlariga köra, 2026 yilning dastlabki töqqiz oyida iste’mol narxlari 8,1 foizga oşgan. Yanvar–avgust oylarida mamlakatda örtaça oylik iş haqi 55 079 somni (taxminan 630 dollar) taşkil etgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 28,7 foizga köp. Inflyatsiya hisobga olinganda esa maoşlarning haqiqiy ösişi 16,1 foizni taşkil qilgan.
2026 yil 6 noyabrda qabul qilingan 152-sonli qonun rasmiy e’lon qilinganidan ön kun ötib kuçga kiradi.
Live
Barchasi