O‘zbekistonda pandemiya oqibatlari bilan kurashga 6,1 mlrd dollar sarflandi. Pullar nimaga ishlatilgan?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi davrida 2020 yil 9 iyul holatiga ko‘ra, aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir ko‘rilgan choralarning umumiy qiymati 62 593 mlrd so‘m (6,13 mlrd AQSH dollaridan oshadi) deya baholanmoqda. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati xabar berdi.

Shundan:

•    Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi xarajatlari — 5 293 mlrd so‘m; 
•    Coliq va bojxona imtiyozlari – 1 636 mlrd so‘m;
•    Coliqlar kechiktirilishi va jarimalarning vaqtincha to‘xtatilishi – 2 510 mlrd so‘m; 
•    Bank sohasini qo‘llab-quvvatlash choralari – 48 215 mlrd so‘m;
•    Qurilish va taraqqiyot jamg‘armasi – 3 306 mlrd so‘m;
•    Iqtisodiyotning real sektorlarini qo‘llab-quvvatlash choralari – 1 632 mlrd so‘m.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun 1,7 trln so‘m yo‘naltirilgan. Mablag‘lar qanday maqsadlarga sarflandi?

157,6 mlrd so‘m — tibbiy uskunalar va buyumlar xarid qilishga; 
385,9 mlrd so‘m — test tizimi, dori vositalari va shaxsiy himoya vositalari xarid qilishga;
257,6 mlrd so‘m — tibbiyot xodimlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish va maoshiga 6 foiz ustama to‘lashga; 
599,1 mlrd so‘m — karantin zonalari va maxsus shifoxonalar qurilishiga; 
299,8 mlrd so‘m — karantinda saqlanayotgan shaxslarni parvarishlashga.

Shuningdek, byudjet mablag‘lari hisobidan 72 mlrd so‘mdan ziyodga tibbiy buyum va uskunalar sotib olindi. Ular:

500 ta sun’iy nafas oldirish apparatlari — $ 5,75 mln (57,5 mlrd so‘m); 
60 ta ultratovushli tekshiruv apparatlari - $ 648 ming (6,5 mlrd so‘m); 
10 ta polimeraz zanjir reaksiyasi apparati - $ 210 ming (2,1 mlrd so‘m); 
60 ta defibrillyatorlar – $ 280 ming (2,8 mlrd so‘m);
90 ta kardiomonitorlar – $ 180 ming (1,8 mlrd so‘m);
500 ta pulsoksimetrlar – $ 125 ming (1,2 mlrd so‘m).


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

519

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing