O‘zbekistonda oliygohlar soni nechta ekanligi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 8 maydagi qarori bilan Samarqand shahrida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining filiali tashkil etildi. 

Aynan ushbu oliygohning O‘zbekistonda ochilishi natijasida mamlakatda OTMlar soni 102 taga yetdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Mazkur oliygohlardan:

•    85 ta mahalliy OTM va ularning filiallari;
•    17 ta xorijiy OTM va ularning filiallari hisoblanadi.

Bugungi kunda respublikadagi 92 ta OTMlarida o‘quv-tarbiya jarayonlari olib borilmoqda, 10 ta OTMga talabalar 2019/2020 o‘quv yilidan qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing