O‘zbekistonda oilalar eng ko‘p qaysi hududda buzilyapti?
Jamiyat
−
09 avgust 2023
16568So‘nggi 6 oyda O‘zbekistonda oilalar eng ko‘p Farg‘ona viloyati, Toshkent shahri, Andijon viloyatida buzilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi axborot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston bo‘yicha nikohdan ajralishlarning soni 25,4 mingtani tashkil etgan. Shundan ajrimlar shahar joylarida 15,3 mingta, (60,0 %), qishloq joylarida 10,1 mingta (40,0 %) qayd etilgan.
Hududlar bo‘yicha nikohdan ajrimlar soni eng yuqori Farg‘ona viloyatida – 3 107 ta, Toshkent shahrida – 2 989 ta, Andijon viloyatida – 2 854 ta. Eng kam ko‘rsatkich Navoiy viloyatida – 755 ta, Sirdaryo viloyatida – 796 ta, Jizzax viloyatida esa 873 tani tashkil etgan.
Shuningdek, farzandsiz nikohdan ajralishlar soni 6 730 tani, 1 nafar farzand bilan nikohdan ajralishlar soni esa 13 186 tani, 2 va undan ortiq farzand bilan nikohdan ajralishlar soni 5 505 tani tashkil qilgan.
Nikohdan ajrashganlarning o‘rtacha yoshi erkaklar uchun 37,7 yosh, ayollar uchun 33,2 yosh ekani ko‘rsatilgan. Nikohdan ajrashganlarning eng katta ulushi 35 yoshgacha bo‘lgan ayollarga to‘g‘ri kelgan.
LiveBarchasi